“Ekologik madaniyat tushunchasi va uning ijtimoiy zarurati” mavzusida seminar tashkil qilindi
2025-12-04 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-184-son Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilayotgani, vazirlikda o‘quv seminarlari tashkil etilib, vazirlik rasmiy sahifalarida atrof-muhitga hamda ona tabiatga e’tiborli bo‘lish targ‘ib etilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston milliy universiteti Ekologiya kafedrasi professori D.Yodgorova ekologik madaniyat, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar yechimlari yuzasidan takliflar, eko-madaniyatni ta’lim tizimiga integratsiya qilish kabi dolzarb mavzularda taqdimot qildi.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ekspert tomonidan javoblar berildi. Shuningdek, yil davomida vazirlikda atrof-muhit tozaligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ekofaol xodimlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakurnomalar topshirildi.






