Kon-geologiya vazirligi va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2025-12-03 17:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Kon-geologiya vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, vazirlik ijro apparati xodimlari, tizim korxonalarining rahbarlari hamda korupsiyaga qarshi komplayens xizmatlarining masʼul xodimlari hamda “Daryo”, “O‘zA” kabi nashrlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Kon-geologiya vaziri B. Islamov vazirlik va uning tizimosti korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Shundan soʻng, “CERT International” kompaniyasi direktori R.Ibragimov ISO 37001 va 37301 xalqaro standarti boʻyicha tashqi audit natijalariga muvofiq Kon-geologiya vazirligi rahbariyatiga tegishli xalqaro sertifikatlarni taqdim etdi.
Aksilkorrupsiya oyligi davomida vazirlik va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi sheʼr”, “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalarida gʻolib bo‘lgan tizimosti korxonalar xodimlariga Vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.
I. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Eng yaxshi videorolik” muallifi nominatsiyasiga:
1-oʻrin uchun nomzod “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM Kichik ilmiy xodimi Anvarov Rahimjon Gʻayrat oʻgʻli;
2-oʻrin uchun nomzod Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tyutori Artikov Jamol Kamolovich;
3-oʻrin uchun nomzod “Mineral resurslar instituti” DM Geologiyada matematik modellashtirish va sunniy intelekt sektori geologi Toʻrayev Shaxzod Gʻofur oʻgʻli taklif etiladi.
II. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Eng yaxshi maqola” muallifi nominatsiyasiga:
1-oʻrin uchun nomzod “Geologiya va geofizika instituti” DM Katta ilmiy xodimi Kosbergenov Kuatbay Maulenbergenovich;
2-oʻrin uchun nomzod “Shargʻunkoʻmir” AJ 10-shtolnya Koʻmirni qabul qilish va yuklash uchastkasi gʻalvirlovchisi Melikov Baxtiyor Lutfilloyevich;
3-oʻrin uchun nomzod “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM boʻlim boshligʻi Uteniyazov Mirzabay Kuanishbayevich taklif etiladi.
III. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Eng yaxshi rasm” muallifi nominatsiyasiga:
1-oʻrin uchun nomzod “Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi instituti” DM yetakchi geofizigi Popova Tatyana Nikolayevna;
2-oʻrin uchun nomzod “Navoiyuran” DK “Nurobod” ICHM Geofizik izlanishlar uchastkasi ishlab chiqarish xonalari farroshi Ruziyeva Gulchiroy Ulmas qizi;
3-oʻrin uchun nomzod Geologiya fanlari universiteti Geologiya yoʻnalishi 1-kurs talabasi Nasrullayev Sadulla Shukrulla oʻgʻli taklif etiladi.
IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Eng yaxshi sheʼr” muallifi nominatsiyasiga:
1-oʻrin uchun nomzod “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Mis boyitish fabrikasi, yongʻin xavfsizligi muhandisi Janibekov Bekmirza Mamarasulovich;
2-oʻrin uchun nomzod “Shargʻunkoʻmir” AJ oʻquv markazi oʻqituvchi-uslubchisi Donayeva Dilafroʻz Hamroqulovna;
3-oʻrin uchun nomzod “Mineral resurslar instituti” DM Axborot kommunikatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Karimov Rajabmurod Shirinkul oʻgʻli taklif etiladi.
“Eng faol komplayens xodimi” sifatida 1-oʻringa Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi Zikirov Jamshid Toshtemurovich.
2-oʻringa nomzod - “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi Ismoilov Inomxon Israilxanovich.
3-oʻringa nomzod - “Navoiyuran” DK Kompalens xizmati boshligʻi Mustafayev Alisher Ibodullayevich.
“Eng faol komplayens tuzilma” sifatida
1-oʻringa - “Navoiy KMK”;
2-oʻringa - “Olmaliq KMK” AJ;
3-oʻringa - “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori, yuridik fanlar falsafa doktori T.Safarov soʻzga chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy idealizm madaniyatini shakllantirish masalalari toʻgʻrsida” maʼruza qildi.









