S&P Global Ratings “NKMK” AJ kredit reytingini “BB” darajasigacha oshirdi
2025-12-02 16:15:00 / Yangiliklar
“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning uzoq muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasigacha oshirilganini e’lon qildi.

Reytingdagi ijobiy oʻzgarish kompaniyaning mustahkam moliyaviy holati va faoliyatining barqarorligini aks ettiradi.
Reyting prognozi Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga mos keladi.
