Kon-geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga soluvchi Hukumat qarori qabul qilindi
2025-11-28 17:45:00 / Yangiliklar
2025-yil 27-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 748-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Shuningdek, hujjatda “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasi tog‘-kon va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mas’ul hisoblanishi hamda shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi belgilab qo‘yildi.
