Geologiya fanlari universiteti Micromine Advance dasturiy ta’minotidan o‘quv jarayonida foydalanish huquqini oldi
2025-11-28 14:45:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti hamda “MICROMINE Australia Pty Ltd” kompaniyasi o‘rtasida foydali qazilma konlarini yer osti usulida o‘zlashtirishda ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Hamkorlik doirasida Universitet Micromine Advance dasturiy ta’minotidan o‘quv jarayonida foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.
GFU va “MICROMINE Australia Pty Ltd” kompaniyasi hamkorligi boshqa keng ko‘lamdagi xalqaro loyihalar, grantlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.
