Kon-geologiya vazirligi vakillari Aktauda oʻtgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi
2024-04-29 17:10:00 / Yangiliklar
Qozogʻistonning Aktau shahrida “Mangistauning neft-gaz istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Mazkur anjumanda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekgeofizika” AJ mutaxassislari, Geologiya fanlari universiteti Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti ilmiy xodimlari Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarning geologik tuzilishi, neftgazga istiqbolli maydonlari toʻgʻrisidagi ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar.



