“Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” III Iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi
2025-11-26 17:35:00 / Yangiliklar

Forum Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar va biznes tuzilmalarini bir joyga jamladi. Tadbir davomida hamkorlikni rivojlantirish, barqaror qiymat zanjirlari, o‘ta muhim xom ashyo resurslari va mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik masalalari muhokama qilindi.
U. Yusupov muhim xom ashyo minerallari va barqaror qiymat zanjirlari boʻyicha tashkil etilgan muhokamada ishtirok etib, sanoat va resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga oid taklif va tajribalarni bayon etdi.
Forum sanoat, resurslar boshqaruvi va barqaror rivojlanish yoʻnalishlarida yangi yondashuvlar va xalqaro muloqotni kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim maydon boʻldi.









