Toshkent shahrida ekologiya holatini yaxshilash bo‘yicha Farmon qabul qilindi
2025-11-25 16:10:00 / Yangiliklar
2025-yil 24-noyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda ekologik nazoratni kuchaytirishga qaratilgan kompleks choralar belgilandi.

Hujjatda qurilish maydonlarida chang va chiqindilar tarqalishini kamaytirish, shahar ichki yo‘llarini tozalash ishlarini kuchaytirish, sanoat korxonalari faoliyati ustidan nazoratni oshirish, ekologik monitoring stansiyalarini ko‘paytirish hamda aholi salomatligini himoya qilishga doir muhim vazifalar belgilangan.
Farmonda, shuningdek, 2026 yil davomida Toshkentda “Yashil koridor” konsepsiyasini amalga oshirish, 700 dan ortiq chorrahani raqamlashtirish va “Yashil Toshkent” master-rejasini ishlab chiqish vazifalari ham qayd etilgan.
