YUNESKO delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, seminar va dala tashriflari haqida
2025-11-24 17:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda YUNESKO global geoparklarini, xususan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida “Kitob geoparki”ni tashkil qilish, mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tashabbusi bilan “Kitob va Shahrisabz hududlarida geologik meros obyektlarini aniqlash va tasniflash hamda geologik meros bo‘yicha jamoatchilik xabardorligini oshirish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminarda Eron, Turkiya va Shvetsariyadan tashrif buyurgan YUNESKO ekspertlari hamda mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.
YUNESKO ekspertlari Kon-geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, Kitob tumani hokimi R.Gafurov bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Shuningdek, Kitob tumanining turistik, geoturistik salohiyati bilan tanishish maqsadida dala tashriflari tashkil qilindi. Ekspertlar tomonidan Kitob tumanining salohiyati yuqori baholandi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.








