Buxoro viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
2025-11-21 16:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

umladan, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriligi mas’ullari tomonidan Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Tumanda tashkil etilgan ro‘yxatga olish shtabi a’zolari bilan 2026-yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladigan tadbirga tayyorgarlikni samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
O‘rganish davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, uni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.






