“Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasidagi zamonaviy muammolar va ularning yechimlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani haqida
2025-11-20 17:50:00 / Yangiliklar
2025-yil 20-noyabr kuni “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM tashkil etilganligining 65 yilligiga bag`ishlangan “Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya sohasidagi zamonaviy muammolar va ularning yechimlari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi.

Tadbirning ochilish marosimida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari R.Yusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Umarov, Geologiya fanlari universiteti prorektori O.Qodirov, “GIDROINGEO instituti” DM direktori G.Bimurzayev ishtirok etishdi.
Anjumanda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlari va boshqa tashkilot vakillari ma’ruza hamda taqdimotlari bilan qatnashmoqda.









