SLB kompaniyasi vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-11-20 15:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazir maslahatchisi B.Narmatov SLB kompaniyasi vitse-prezidenti Kari Enn X. Kyolaas-Xolland boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “O‘zbekgeofizika” AJ tranformatsiya jarayonlarini jadal davom ettirish, SLB bilan Geologiya fanlari universitetida ta’lim jarayonlarida hamkorlik, uglevodorod xomashyosi konlarini modellashtirish bo‘yicha o‘quv dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Hamkorlik doirasida GFU rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, SLB kompaniyasi tomonidan Geologiya fanlari universiteti uchun qiymati 11 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi maxsus dasturiy taʼminotlar kompleksi akademik litsenziyasini begʻaraz taqdim etildi.
Shuningdek, SLB kompaniyasining maxsus dasturiy ta’minotlaridan akademik maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan o‘quv xonasi foydalanishga topshirildi.






