Buxoroda qurilish sohasidagi yirik loyihalar ijrosi o‘rganildi
2026-06-15 14:25:00 / Vazirlik yangiliklar

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov tomonidan Buxoro viloyatida qurilish sohasiga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Unga Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari J.Arashov hamrohlik qildi
Jumladan, Prezidentning 2026-yil 26-maydagi PQ–202-son qaroriga muvofiq “Yangi Buxoro” xalqaro aeroporti aerodrom majmuasi va maxsus xizmat ko‘rsatish terminali qurilishi, aeroportga olib boruvchi 23,8 kilometr avtomobil yo‘lini barpo etish hamda Buxoro shahridagi Turizm markazi hududida zamonaviy mehmonxonalar qurilishi bilan tanishildi.
Shuningdek, Romitan tumanidagi “Poyjur” MFYda yangi maktab binosi qurilishi, “Jo‘yizar” kanalini rekonstruksiya qilish hamda Buxoro viloyati prokuraturasining yangi ma’muriy binosi qurilishi obyektlaridagi ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida qurilish jarayonlarining sifati, muddatlarga rioya etilishi va loyiha ijrosini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


