“Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichiga tantanali start berildi
2026-06-15 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichiga tantanali start berildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur sport tadbirining ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova, Sport vaziri Adham Ikramov, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi xotin-qizlari, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan ishtirokchilar hamda boshqa tashkilotlarning faollari, sportchi ayollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar ommaviy badantarbiya mashqlarida qatnashib, “Besh ming qadam” yurish marafonida faol qatnashdi. Ushbu tashabbus xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Albatta, bu kabi tadbirlar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy faollikka keng jalb etish hamda sog‘lom va faol jamiyat shakllantirishga xizmat qiladi



