Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi
2026-06-12 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda vazirlik markaziy apparati mutaxassislari milliy liboslarda ishtirok etib, siyosiy bilim va koʻnikmalarini oshirishdi.
Xususan, 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangani alohida ta'kidlandi. Shuningdek, bu borada qabul qilingan qonunlar, milliy dasturlar, profilaktik tadbirlar va ta’lim-tarbiyaviy loyihalar orqali keng qamrovli ishlar olib borilayotgani yuzasidan tushuntirish berildi.
Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'uli J.Fayziyev barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan tushuntirish berdi. Oʻz vakolatini suiisteʼmol qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish va har qanday korrupsion jinoyatlarni amalga oshirishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlar nafaqat xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirishda, balki ularning milliy qadriyatlarga ehtiromini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.




