TABRIK! Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman
2026-05-27 08:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qadrli yurtdoshlar!
Siz, azizlarni butun musulmon olami uchun ulug‘ va qadrli ayyomlardan biri bo‘lgan – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.
Bu muborak bayram xalqimizning asriy qadriyatlari – mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, muhtojlarga ko‘mak berish, oila va jamiyatda o‘zaro hurmat hamda hamjihatlikni qaror toptirish kabi ezgu an’analar xalqimiz ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida inson qadri va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Hududlarda zamonaviy uy-joylar barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi sa’y-harakatlar ham aynan xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Aziz vatandoshlar!
Muqaddas Qubon hayiti xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga xotirjamlik va quvonch olib kirsin! Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va ezgu ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan
Sherzod Hidoyatov
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

