Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida bo’lib turibdi
2026-05-08 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida bo’lib turibdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda mazkur hududda noqonuniy qurilmalar va o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilayotgan qurilishlarning oldini olish choralari ko’rilmoqda.
Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hududning umumiy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bunday holatlarni aniqlash va qat’iy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mutasaddilar bilan muloqot davomida aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish, hududlarni obod va xavfsiz holatga keltirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Qo‘qon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yangilanish ishlari shaharning ko‘rki hamda infratuzilma salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.



