Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi
2026-05-08 09:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Tadbirda vazirlik markaziy apparati mutaxassislari milliy liboslarda ishtirok etib, siyosiy bilim va koʻnikmalarini oshirishdi. Dastlab vazir maslahatchisi U.Bayzakova so‘zga chiqib, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi.
Xususan, tinchlik bebaho neʼmat ekanligi, unga erishish yoʻlida bukilmas irodasi va jasorati ila kurashgan qahramonlarning xotirasi abadiyligini alohida ta’kidladi. Ushbu kunlarda insonlar holidan xabar olish, yaqinlarni yo‘qlash azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanishi aytib o’tildi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'uli J.Fayziyev barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan tushuntirish berdi. Xususan, oʻz vakolatini suiisteʼmol qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish va har qanday korrupsion jinoyatlarni amalga oshirishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlar nafaqat xodimlarning siyosiy savodxonligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirishda, balki ularning milliy qadriyatlarga ehtiromini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.




