Vazir o’rinbosari Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan fuqarolar qabulidan bilan tanishdi
2026-05-08 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan fuqarolar qabulidan so‘ng Qo‘qon shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
Xususan, Muqimiy shaharchasidagi 42 ta ko‘p qavatli uyning tashqi qiyofasini yaxshilash, mukammal ta’mirlash hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulash bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish, muhandislik tarmoqlarini yangilash va aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi.
Ozoda Jo’rayeva mazkur hududdagi 42 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Qo’qon ta’minot” BSK faoliyati bilan ham tanishdi.
Mazkur tashabbuslar Qo‘qon shahrining obod qiyofasini shakllantirish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.



