Toshkentda qurilish obyektlari bo‘ylab press-tur tashkil etildi
2026-05-01 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan 28-aprel — "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan yurtimizda “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida Toshkent shahridagi qator qurilish obyektlari bo‘ylab press-tur tashkil etildi.
Unda vazirlik mas’ullari, OAV vakillari, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.
Press-turning dastlabki manzili poytaxtdagi IT PARK Data markazi qurilishi bo‘ldi. Ishtirokchilarga qurilish jarayonlari, joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, shuningdek, quruvchilar uchun yaratilgan maishiy-ijtimoiy sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.
Tadbir davomida asosiy e’tibor qurilish maydonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda sohada mehnat madaniyatini yuksaltirish masalalariga qaratilmoqda.





