Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazildi
2026-04-30 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Mazkur festival yosh muhandislar, ixtirochilar va texnologiya ishqibozlarini birlashtirgan yirik platforma bo‘lib, u Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
Festival doirasida turli yo‘nalishlarda musobaqalar, seminarlar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmalari tashkil etilib, yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyon etishiga keng imkoniyat yaratildi. Xususan, qurilish va arxitektura muhandisligi yo‘nalishlari ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Festival zamonaviy qurilish yechimlari, innovatsion ishlanmalar va istiqbolli loyihalar taqdimoti, ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashish va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishda muhim maydon bo'lib xizmat qildi.
Festival yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirok etib, arxitektura muhandisligi yo‘nalishida o‘tkazilgan “Eng yaxshi qurilish konstruksiyasi” musobaqasi g‘oliblarini tantanali ravishda taqdirladi.




