Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi qurilish sohasidagi rasmiy vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi
2025-11-08 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi qurilish sohasidagi rasmiy vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda qurilish industriyasini raqamlashtirish, BIM va “aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish, kadrlar malakasini oshirish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashib, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion yechimlarni birgalikda tatbiq etishga kelishib oldilar. Shuningdek, kelgusida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida hamkorlik masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Bu muloqot Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlarning yanada amaliy mazmun bilan boyitilishida muhim qadam boʻldi.

