O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tartibi belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda jalb etiladi.
