Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot
| Innovatsion rivojlanish agentligi markaziy apparatida mavjud vakant lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g’risidagi NIZOM | .pdf |
| Malakaviy talablar bilan tanishish | .pdf |
Innovatsion rivojlanish agentligi markaziy apparati hamda xududiy boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi MA’LUMOT
05.02.2026
|
T/r |
Bo‘sh ish o‘rinlari soni |
Oylik ish haqqi / Qoʻshimcha haq |
Ishga qabul qilish shartlari / Stavka |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar |
Taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
Innovatsion rivojlanish agentligi markaziy apparati |
|||||
|
1 |
Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi |
Ish haqi shtat jadvali boʻyicha / Qoʻshimcha haq koʻzda tutilgan |
Tanlov bo‘yicha suhbat asosida / Toʻliq bandlik (soat 9:00 dan 18:00 gacha) |
Filologiya, pedagogika-psixologiya, jurnalistika yo'nalishlarida oliy maʼlumotli (ilmiy darajaga ega), oʻzbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi) mukammal biladigan, yetarli bilim va tajribaga ega, kamida 5 yillik ish stajiga, ilm-fan va innovatsion faoliyatga oid asosiy qonunchilik va normativ-huquqiy bilimlarga, muzokaralarni oʻtkazishga hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlgan (ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar ustuvorlikka ega) shaxs tayinlanadi. |
ID karta, Diplom nusxalari, mehnat daftarchasi, CV rezyume |
|
2 |
Strategik tahlil, reytinglar va ijro nazorati boshqarmasi boshlig‘i |
Ish haqi shtat jadvali boʻyicha / Qoʻshimcha haq koʻzda tutilgan |
Tanlov bo‘yicha suhbat asosida / Toʻliq bandlik (soat 9:00 dan 18:00 gacha) |
Boshqarma boshlig‘i lavozimiga oliy maʼlumotli, oʻzbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qoʻllab-quvvatlanadi) biladigan, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida kamida 3 yil ish stajiga, faoliyatga oid asosiy qonunchilik va normativ-huquqiy bilimlarga, muzokaralarni oʻtkazishga hamda notiqlik qobiliyatiga ega bo‘lgan, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha minimal bilim va koʻnikmalarga ega bolishi, MS Office ilovalarining ofis toʻplami hamda Internet tarmogʻidan foydalana oladigan (Word, Excel, PowerPoint, Access kabi ilovalar hamda Internet tarmogʻida ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega shaxs tayinlanadi. |
ID karta, Diplom nusxalari, mehnat daftarchasi, CV rezyume |
|
3 |
Ilmiy va innovatsion faoliyatga moliyaviy resurslar va xorijiy grantlarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi |
Ish haqi shtat jadvali boʻyicha / Qoʻshimcha haq koʻzda tutilgan |
Tanlov bo‘yicha suhbat asosida / Toʻliq bandlik (soat 9:00 dan 18:00 gacha) |
Oliy (iqtisodiyot, moliya biznes va boshqaruv, iqtisodiy menejment, investitsiya yo‘nalishkari) maʼlumotli (ilmiy darajaga ega bo‘lishi qo‘llab-quvvatlanadi), oʻzbek va rus tillarini (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi) yetarli darajada biladigan, biznes va boshqaruv, iqtisodiy menejment, investitsiya sohasida kamida 3 yillik ish stajiga, faoliyatga oid asosiy qonunchilik va normativ-huquqiy bilimlarga, muzokaralarni oʻtkazishga hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi. |
ID karta, Diplom nusxalari, mehnat daftarchasi, CV rezyume |
Vakant lavozimlarga tanlov 4-bosqichi (suhbat) bo'yicha video
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–95-son Farmoniga asosan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan vakant lavozimlarga ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq maxsus elektron dastur asosida talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasiga teng imkoniyatlardan foydalangan holda saralab olish uchun vakant lavozimlar “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” https://vacancy.argos.uz va Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Siz malaka darajangizga mos ravishda vakant lavozimlar e’lon qilinadigan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali https://vacancy.argos.uz orqali tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma
Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
Vakant lavozimlar quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
-https://t.me/vacancy_argos;
-https://vacancy.argos.uz;
-http://facebook.com/vacancy.argos.uz;
-http://instagram.com/vacancy.argos.uz.
.pdf