“InnoWeek-2025”da Qoraqalpog‘istonning eng sara ishlanmalari namoyish etiladi
2025-09-12 10:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda Nukus davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.Artkibayev, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sektor boshlig‘i J.Oserbayevlar ishtirok etishdi.
60 ga yaqin loyihalar namoyish etilgan ko‘rgazmada tomchilatib sug‘orish tizimini avtomatlashtirish, ta’lim sifati nazoratida inson omilini kamaytirish singari maqsadlarga yo‘naltirilgan loyihalar barchada birdek qiziqish uyg‘otdi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 20 ta loyiha InnoWeek-2025–innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mualliflarga oliy ta’lim muassasalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga Nukus davlat texnika universiteti nomidan tashakkurnomalar berildi.






