Elektrotexnika sohasidagi innovatsion loyihalar tanlovi
2025-05-17 20:05:00 / Yangiliklar

Tanlov muddati: 01.08.2025 23:55
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son qarorida belgilangan topshiriqlardan kelib chiqib, elektrotexnika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini sohaga keng joriy etish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Mazkur tanlovga loyiha talabnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil
9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq “Texnika fanlari” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilinadi.
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Texnik fanlari” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy-texnik kengashni tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 1-avgustga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyiha rasmiylashtirish shakli bilan tanishish uchun bu yerni bosing.
Tanlov shartlari.
1. Innovatsion loyiha avval bajarilgan tadqiqot natijalarining ishlab chiqarish/amaliyotga joriy etishni nazarda tutishi kerak.
Loyiha talabnomasida avval bajarilgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan (amaliy) tadqiqot to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilishi shart.
2. Loyihalar quyidagi yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha qabul qilinadi:
Quyosh batareyalarining xizmat muddatini oshirish uchun samarali sovitish tizimini ishlab chiqish
Kutilayotgan natija: koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan sovitish tizimining tajriba namunasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan sovitish tizimining namunasi respublikada o‘rnatilgan quyosh panellarida real sharoitga yaqin muhitda sinovlardan oʻtkaziladi.
Kichik quvvatli shamol turbinalari uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori generator ishlab chiqish.
Kutilayotgan natija: past tezlikdagi shamol sharoitida samarali ishlaydigan generator modellashtiriladi. Shamol turbinalari uchun optimal elektr generatori materiallari va konstruktsiyasi ishlab chiqiladi. Shamol tezligining turli diapazonlarida generatorning samaradorligi baholanadi.
Quyosh panellari yuzasini changlardan tozalovchi avtomatlashtirilgan qurilma yaratish
Kutilayotgan natija: qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari va konstruksiyasi ishlab chiqiladi. Quyosh panelleri yuzasini kerakli suyuqliklar yordamida changlardan tozalovchi qurilmaning tajriba namunasi yaratiladi.
Harorat sozlagichli WiFi boshqaruviga ega shisha infraqizil panelli isitgich yaratish
Kutilayotgan natija: shisha paneli parametrlari tanlanadi hamda isitgich tizimining elektr ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Qurilmaning haroratini WiFi orqali boshqarish moduli ishlab chiqiladi va rele, termometr uskunalari bilan bog‘lanadi. Loyihalashtirilgan dizayn asosida WiFi modulli isitgichning tajriba namunasi ishlab chiqiladi.
Quyosh panellaridan kuvvatlanadigan zamonaviy issiqxonalar uchun o‘ziyurar robot-purkagichni ishlab chiqish.
Kutilayotgan natija: robotlashtirilgan qurilmaning tezligi va boshqa texnik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Qurilma uchun quyosh panelining quvvati aniqlanadi. Robot-purkagichning konstruksiyasi loyihalashtiriladi va tajriba namunasi ishlab chiqiladi. Robotlashtirilgan qurilmani issiqxonalarda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar va metodologiya tayyorlanadi.
3. Loyiha talabnomasida intellektual mulk obyektlari uchun tegishli hujjatlar olinishi, nufuzli ilmiy jurnallarda va Web of Science hamda Scopus maʼlumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilishi nazarda tutilishi kerak.
4. Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
Ijrochi tashkilot tomonidan loyiha doirasida bajariladigan ishlar boshqa manbalardan moliyalashtirilmasligi shart.
5. Talabnomada loyiha yakunida kutiladigan natijani elektrotexnika sohasidagi davlat organlari va uyushmalarga (jumladan, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi) yetkazish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilinishi toʻgʻrisida xulosa olish nazarda tutilgan boʻladi.
6. Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin. Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
7. Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
Bir vaqtning oʻzida boshqa innovatsion loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.
8. Ilmiy loyiha hujjatlarini Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlarning elektron nusxalari (pdf/doc) Elektron platformaga yuklanadi:
- ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (pdf);
- ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (pdf);
- innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda, pdf va uning matn redaktori dasturidagi (doc/docx) shakli).
9. Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Izoh: Ijrochi tashkilot loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyilganligi haqida vakolatli tuzilmaning (xizmatning) xulosasi taqdim etilmagan taqdirda, innovatsion loyiha talabnomasi tanlovdan chetlashtiriladi.
10. Tanlovga loyihalar tanlov mavzusida belgilan tadqiqot shakli, bajarish davri hamda loyiha qiymatlaridan kelib chiqib shakllantirilishi lozim.
Belgilangan muddatdan ortiq muddatlarga rejalashtirilgan loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
11. Tadqiqot shakli va bajarish davri bo‘yicha loyiha qiymati quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
bajarilishi bir yil bo‘lgan innovatsion loyihasi – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 500 barobarigacha;
bajarilishi ikki yil bo‘lgan innovatsion loyihasi – BHMning 3 500 barobarigacha.
12. Loyihani bajarish bilan bogʻliq xarajatlar loyiha qiymati doirasida bazaviy hisoblash miqdori boʼyicha Bunda:
innovatsion loyihaning bajarilishi xususiyatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 90-bandiga asosan loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablagʻning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga yoʻnaltiriladi;
loyihaning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) baravarida koʻrsatiladi;
tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda havolaga (https://loyiha.ilmiy.uz/site/example-docs) joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi;
loyiha qiymatini sunʼiy ravishda oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
loyiha ishtirokchilarining ishtirok etish ulushi (stavka miqdori) ularning loyihadagi vazifasiga mutanosib boʻladi (masalan, loyihaga toʻliq stavkada jalb etilgan ijrochi loyihaga asosiy shtatdagi xodim sifatida rasmiylashtirishni nazarda tutadi va boshqa tashkilotlarda toʻliq stavkada va asosiy ish joyida ishlamaydi);
loyiha doirasida avtotransport vositalarini xarid qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Eslatma:
Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida koʻrsatiladigan interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha rahbarining yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi shart. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimi: +99871 203-32-23 (537, 132, 413).
