Davlat maqsadli dasturi tanlovi
2025-06-25 14:35:00 / Yangiliklar

Tanlov muddati: 01.08.2025 23:55
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarda belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilinmoqda.
Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorda belgilangan talablarga muvofiq quyidagi fan yoʻnalishlari boʻyicha eʼlon qilinadi:
- Pedagogika va psixologiya fanlari
- Texnika fanlari
- Qishloq xoʻjaligi
- Iqtisodiyot fanlari
- Tibbiyot fanlari
- Filologiya va ijtimoiy fanlar
- Huquq fanlari
- Yer toʻgʻrisidagi fanlar
- Veterinariya va chorvachilik fanlari
- Tarix va arxeologiya fanlari
- Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
Loyiha taqdim qilinganda loyiha rahbari oʻz loyihasi tadqiqot yoʻnalishidan kelib chiqib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash yoʻnalishini tanlashi va shu yoʻnalish boʻyicha taqdim qilishi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 1-avgustga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyihani rasmiylashtirish shakli bilan tanishish uchun bu yerni bosing.
Tanlov shartlari.
- Tanlovda ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyati va salohiyati mavjud ilmiy faoliyat subyektlari ishtirok etishi mumkin. Ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.
- Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin.
Bir vaqtning oʻzida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi va ushbu holatga olib kelishi mumkin boʻlgan loyihalar qabul qilinmaydi.
- Amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalari boʻyicha ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va loyihaning 4-shaklining 4.6-bandida bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) quyidagi talablarga javob berishi qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim:
Amaliy tadqiqotlar — aniq tarmoq yoki muayyan ijtimoiy sohadagi mavjud muammoning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilganligi (yillik talab/ehtiyoj aniq raqamlarda koʻrsatilishi lozim);
innovatsion loyihalar — ilmiy bogʻliqlikni hisobga olgan holda innovatsion loyihalar - ilmiy faoliyat subyektlari tomonidan amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar natijalarini innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Bunda, innovatsion loyihalar talabnomasiga asos bo‘ladigan tegishli amaliy tadqiqot olib borilgan bo‘lishi shart.
Loyiha natijalari joriy etiladigan ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shakllari
va birgalikda bajariladigan ishlar koʻrsatiladi.
- Tanlovga bajarilishi uch yilgacha moʻljallangan amaliy tadqiqotlar
va bajarilishi ikki yilgacha moʻljallangan innovatsion loyihalari qabul qilinadi. - Loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtda tuzilgan ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi kerak. (Ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi barcha ijrochilarning yoshini oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi).
- E’lon qilingan mavzularga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar tegishli vazirlik va idoralarning qo‘llab-quvvatlash xati mavjud bo‘lganida qabul qilinadi.
- Ilmiy loyiha hujjatlarini Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlarning elektron nusxalari (pdf/doc) Elektron platformaga yuklanadi:
- ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (pdf);
- ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (pdf);
- amaliy va innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda, pdf
va uning matn redaktori dasturidagi (doc/docx) shakli); - tegishli vazirlik va idoralarning qo‘llab-quvvatlash xati (pdf).
- Taqdim etilgan loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasi loyihaga ilova qilinishi lozim.
Izoh: ijrochi tashkilot loyihada keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va gʻoyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyilganligi haqida vakolatli tuzilmaning (xizmatning) xulosasi taqdim etilmagan taqdirda, loyiha talabnomasi tanlovdan chetlashtiriladi.
- Tanlovga taqdim etiladigan loyihani amalga oshirish uchun soʻralayotgan umumiy moliyalashtirish hajmini (5-shakl) hisoblashda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ushbu havolaga joylashtirilgan hisob-kitob shaklidan foydalanish tavsiya etiladi: http://loyiha.ilmiy.uz/site/example-docs.
- Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar yakunida axborot tizimini ishlab chiqish, kompleks foydalanishga asoslangan dasturiy mahsulotlar, veb platformalar, mobil ilovalar yaratishga qaratilgan boʻlsa quyidagilar talab qilinadi:
a) Yaratiladigan dasturiy mahsulot uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va EHM uchun yaratilgan dastur guvohnomasini olish vazifasi loyiha talabnomasida aks etishi;
b) Dasturiy mahsulotning loyiha yakullangandan so‘ng, uzluksiz ishlashi va zarur hollarda ma’lumotlarni yangilab borish;
с) Loyiha talabnomasida kamida uch yillik “hosting” va “domen” (mobil ilova boʻlsa, mobil ilovalar doʻkoniga joylashtirish) xarajatlarini 5.4-shakldagi “loyihaning boshqa shu kabi xarajatlar” bandiga kiritisin;
d) Loyiha doirasida ishlab chiqiladigan yakuniy mahsulotni texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini qoplash maqsadida oʻz-oʻzini moliyalashtirish mexanizmini asoslantirish yoki ijrochi tashkilotning texnik qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini qoplab berishi boʻyicha kafolat xati ilova qilish talab etiladi.
Eslatma:
- Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida koʻrsatiladigan interaktiv xizmati orqali taqdim etib boriladi.
- Tanlovga kelib tushgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
- Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha rahbarining yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi shart. Loyihaning ijrochilari yoki loyiha rahbari boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan ilmiy loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.
Ilmiy loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi masʼul xodimi: +99871 203-32-23 (537, 132, 413).
Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida eʼlon qilinadigan amaliy tadqiqot hamda innovatsion loyihalar tanlovi mavzulari
ROʻYXATI
I. Amaliy tadqiqot loyihalar mavzulari:
- “Pedagogika va psixologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
1.1. Sport kurashlarida tayyorgarlik turlarini tasnifi boʻyicha saralash texnologiyasini ishlab chiqish.
1.4. Kriptotahlil fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanma yaratish.
- “Texnika yoʻnalishi” yoʻnalishi boʻyicha
- “Qishloq xoʻjaligi” yoʻnalishi boʻyicha
- “Tibbiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
- “Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari yoʻnalishi boʻyicha” yoʻnalishi boʻyicha
5.1. Obyektni autentifikatsiya qilish protokollarini yaratish.
- “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha
6.1. Jurnalistikaga oid milliy audiovizual kontentlarni raqamlashtirish va ommalashtirish.
- “Huquq fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
- “Tarix va arxeologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
8.2. Oʻzbekistonning raqamli etnokonfessional atlasini yaratish loyihasi.
- “Yer toʻgʻrisidagi fanlar” yoʻnalishi boʻyicha
- “Veterinariya va chorvachilik fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
II. Innovatsion loyihalar mavzulari:
- “Filologiya va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishi boʻyicha
- “Iqtisodiyot fanlari” yoʻnalishi boʻyicha
2.3. Buxoroga tashrif (Visit to Bukhara) elektron onlayn platforma va mobil ilovasini ishlab chiqish.
