Farg‘ona yoshlar texnoparkida Koreya delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-05-29 16:00:00 / Yangiliklar

Unda texnoparkda “Raqamli Ishlab Chiqarish Texnologik Markazi”ni tashkil etish, zamonaviy raqamli ishlab chiqarish texnologiyalari, xususan mikro, kichik va o‘rta korxonalarni transformatsiyaga yo‘naltirish, plastmassa buyumlari va avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqarish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida quyidagi uzoq muddatli vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:
- Avtomobil qismlarining sifatini oshirish orqali mahalliylashtirish jarayonini tezlashtirish;
- Korxonalarni raqamli ishlab chiqarish texnologiyalarini keng qo‘llashga undash;
- MKo‘K (mikro, kichik va o‘rta korxonalar)ni raqamli transformatsiyasidan o‘tkazish orqali raqobatbardoshlikni oshirish.
