Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yangi bosqiç: yagona Reyestr, Science ID va raqamli boşqaruv tizimlari joriy etilmoqda
2026-11-17 14:05:00 / Press-relizlar

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan ilm-fan va innovatsiyalar sohasida faoliyat yurituvçi taşkilotlar hamda olimlar töğrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron muhitda şakllantiriş, ilmiy faoliyat natijalarini hisobga oliş va davlat xizmatlarini raqamlaştirişga qaratilgan muhim özgarişlar belgilandi.
Mazkur qaror 2026-yil 3-noyabrdan kuçga kirgan bölib, davlat xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş hamda byurokratik tartib-taomillarni qisqartirişga qaratilgan vazifalar ijrosini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Qaror bilan Innovatsion rivojlaniş agentligiga ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning yagona Reyestrini şakllantiriş va yuritiş, olimlarni ilmiy identifikatsiya raqamlari bilan taʼminlaş, ilmiy faoliyat natijalarini elektron hisobga oliş hamda yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş dasturlarining raqamli mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça muhim vazifalar yuklatildi. Şu munosabat bilan, qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş va mavjud savollarga javob beriş maqsadida Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan matbuot anjumani taşkil etildi. Qarorga köra, 2027-yil 1-yanvarga qadar Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan reyestr.ilmiy.uz elektron platformasi işlab çiqiladi. 2027-yil 1 fevralga qadar ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi taşkilotlarning tegişli faoliyat turlari aniqlanib, ularni Reyestrga kiritiş böyiça davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz orqali yölga qöyiladi. 2027-yil 1-aprelga qadar esa ilmiy va innovatsion faoliyatga oid axborotlarning Yagona elektron bazasi joriy etiladi. Reyestrga kiritilgan taşkilotlar Agentlikning öz faoliyatiga tegişli elektron axborot tizimlaridan foydalaniş huquqiga ega böladi.
Huquqiy hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga ham muhim özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Endilikda ilmiy darajaga ega xodimlar qöşimça haq oliş uçun kutubxona.ilmiy.uz — ilmiy va innovatsion faoliyatga oid elektron kutubxona orqali özlarining ilmiy maqolalari, monografiyalari, patentlari, darsliklari, öquv qöllanmalari, ilmiy loyihalardagi iştiroki, ilmiy faoliyat natijalarini amaliyotga joriy etiş hamda qöşimça haq belgilaş mezonlarida nazarda tutilgan boşqa natijalarini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etadilar. Tasdiqlangan maʼlumotlar asosida elektron maʼlumotnoma şakllantirilib, Yagona elektron bazada yuritiladi. Mazkur maʼlumotlar taşkilotning işçi komissiyasi va kollegial organi tomonidan xodimga qöşimça haq belgilaş masalasini körib çiqişda asosiy axborot manbai sifatida foydalaniladi. Belgilangan tartibda tasdiqlanmagan maʼlumotlar qöşimça haq belgilaşda hisobga olinmaydi. Bu yerda eng muhim jihat şundaki, elektron tizimning vazifasi xodimlarga qöşimça haqni avtomatik tarzda tayinlaş emas. Tizim ilmiy faoliyat natijalarini yagona yondaşuv asosida şakllantiriş, ularning haqqoniyligini tekşiriş va qöşimça haq belgilaş uçun zarur maʼlumotlarni tasdiqlaşga xizmat qiladi. Xodimning ilmiy faoliyatga qöşgan şaxsiy hissasi, tegişli mezonlar va tölov şartlari taşkilotning işçi komissiyasi tomonidan baholanadi. Mazkur özgarişlar qöşimça haq belgilaş jarayonida maʼlumotlarning işonçliligini oşiriş, hujjatlarni körib çiqişda yagona yondaşuvni taʼminlaş va qaror qabul qilişning asosliligini kuçaytirişga qaratilgan.
Qaror bilan ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslarga yagona ilmiy identifikatsiya raqamini beriş tartibi ham belgilandi. Bu maqsadda Science ID — olimlar va tadqiqotçilarning yagona ilmiy identifikatsiya tizimi joriy etilmoqda. Science ID — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi şaxslarga beriladigan yagona, takrorlanmas ilmiy identifikatsiya raqamidir. Sodda qilib aytganda, Science ID olimning ilmiy faoliyatini elektron muhitda identifikatsiya qiliş imkonini beruvçi şaxsiy raqam hisoblanadi.
Mazkur tizim oliy taʼlim taşkilotlarining professor-öqituvçilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotçilar, olimlar va innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi mutaxassislar uçun muhim ahamiyatga ega. Qarorga muvofiq, ilmiy identifikatsiya raqami elektron tizimda foydalanuvçi maʼlumotlari asosida avtomatik ravişda şakllantiriladi. Uşbu raqam har bir şaxsga bir marta beriladi va uning butun ilmiy faoliyati davomida özgarmaydi. Hatto şaxsning iş joyi yoki şaxsiy maʼlumotlari özgargan taqdirda ham Science ID raqami saqlanib qoladi. Science ID raqamiga ega şaxslarga Agentlik tomonidan joriy etilgan axborot tizimlaridan yagona şaxsiy kabinet orqali foydalaniş imkoniyati yaratiladi. Bu, öz navbatida, olimlarning turli ilmiy loyihalar, grantlar va innovatsion dasturlardagi iştirokiga oid maʼlumotlarni elektron platformalar bilan özaro boğlaş, ilmiy faoliyat natijalarini tizimlaştiriş hamda axborot almaşinuvini yengillaştirişga xizmat qiladi. Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan mualliflar uçun lavozim maoşiga nisbatan 10 foizgaça qöşimça haq tölaş nazarda tutilgan.
Qarorga asosan, yoş olimlarni yetakçi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy taşkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriş tartibiga ham muhim özgarişlar kiritildi. Xususan, yoş olimlarni qabul qiluvçi xorijiy taşkilotlarga nisbatan xalqaro reytinglar asosida aniq talablar belgilandi. Unga köra, nomzodlar QS, THE yoki ARWU xalqaro reytinglarining TOP-500 taligidan örin olgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlariga, şuningdek, AD Scientific Index reytingida TOP-1000 talikka kirgan ilmiy taşkilot va markazlarga yuboriladi. Bundan maqsad xorijiy stajirovkalarni xalqaro ilmiy muhitda yuqori örinlarga ega taşkilotlarda taşkil etiş va yoş olimlarning ilğor tadqiqot usullarini özlaştiriş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.
Şuningdek, tanlovlarda iştirok etuvçi nomzodlarga qöyilgan yoş talabi aniqlaştirilib, 20 yoşdan oşgan, biroq 40 yoşga tölmagan şaxslar ariza topşirişi belgilandi. Avvalgi tartibda yoş çegarasi “20 yoşdan 40 yoşgaça” deb belgilangan bölib, bu köplab muhokama va tuşunmovçiliklarga sabab bölayotgan edi. Yana bir yangilik — endilikda bir nomzod bir vaqtning özida faqat bitta tanlovda iştirok etişi mumkin. Qaror bilan xorijiy stajirovka natijalarini baholaşga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, stajirovka yakunlari böyiça nomzodlar tomonidan taqdim etilgan ilmiy hisobotlar maxsus ekspert guruhi tomonidan örganiladi. Bunda stajirovka dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning amalda bajarilganligi baholanadi.
Uşbu özgarişlar xorijiy ilmiy stajirovkalarni taşkil etişda elektron boşqaruv mexanizmlarini rivojlantiriş, nomzodlarni saralaş jarayonlarini takomillaştiriş hamda stajirovkalar natijadorligini oşirişga qaratilgan.
Şuningdek, qaror bilan “Akademik harakatçanlik” dasturi va “Bölajak olim” tanlovini taşkil etiş, ötkaziş, moliyalaştiriş hamda monitoring qiliş jarayonlarini raqamlaştirişga qaratilgan qator özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Umuman olganda, mazkur qaror ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi taşkilotlar, olimlar va tadqiqotçilar faoliyatiga oid maʼlumotlarni yagona elektron muhitda jamlaş, ilmiy natijalarni hisobga oliş hamda qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga xizmat qiladi. Eng muhimi, joriy etilayotgan yangiliklar olimlar va yoş tadqiqotçilar uçun ilmiy faoliyatni rivojlantiriş, loyihalarda iştirok etiş va öz ilmiy natijalarini taqdim etişda yangi raqamli imkoniyatlar yaratadi.
Innovatsion rivojlanish agentligi
Axborot xizmati
