Turkiyada yoş xotin-qizlar uçun taşkil etilgan xalqaro malaka oşiriş dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi
2026-11-03 12:25:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlaniş agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi hamkorligida taşkil etilgan yoş mutaxassislar uçun xalqaro malaka oşiriş dasturining birinçi va ikkinçi guruhlari Turkiya Respublikasida 15 kunlik öquv-amaliy maşğulotlarni muvaffaqiyatli yakunlab, Özbekistonga qaytdi.
Mazkur dastur davlatimiz rahbarining 2025-yil 30-iyunda yoşlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, xotin-qizlar bilan işlaş tizimida yuqori natijalarga erişayotgan yoş mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşiriş hamda ilğor xorijiy tajribani örganişga qaratilgan.
Stajirovka davomida iştirokçilar Istanbul şahridagi Istanbul Aydin universiteti, Kuçukçekmeje va Bağjilar tumanlaridagi mahalliy boşqaruv organlari, şuningdek, xotin-qizlar va oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş yönalişida faoliyat yurituvçi muassasalarda bölib, Turkiyaning bu boradagi tajribasi bilan yaqindan tanişdi.
Öquv-amaliy maşğulotlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlaş va tadbirkorligini rivojlantiriş, oilalarga manzilli yordam körsatiş, ijtimoiy xizmatlarni taşkil etiş, oilaviy nizolar va zöravonlikning oldini oliş, yoş ayollarni kasbga yönaltiriş kabi masalalar atrofliça örganildi. Nazariy bilimlar amaliy maşğulotlar, soha mutaxassislari bilan muloqotlar va tajriba almaşinuvi orqali mustahkamlandi.
Şuningdek, dastur doirasida ijtimoiy xizmatlarni raqamlaştiriş, ma’lumotlarga asoslangan boşqaruv, körsatilayotgan yordam samaradorligini baholaş hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar ijtimoiy xizmatlarni taşkil etişda oilalarning individual ehtiyojlarini hisobga oliş, mavjud resurslardan samarali foydalaniş va amalga oşirilayotgan işlar natijadorligini baholaş böyiça xorijiy yondaşuvlarni örgandi.
Xalqaro malaka oşiriş dasturining muhim natijalaridan biri özlaştirilgan bilim va tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etişga qaratilgan amaliy taşabbuslarni işlab çiqiş böldi. Jumladan, Özbekiston şaroitiga mos ijtimoiy loyiha konsepsiyalarini şakllantiriş, 2027–2030-yillarga möljallangan hududiy ijtimoiy xizmatlar va yetakçilikni rivojlantiriş böyiça amaliy yöl xaritasini işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Mazkur stajirovka yoş mutaxassislar uçun nafaqat xalqaro tajribani örganiş, balki öz faoliyatiga yangiça yondaşuvlarni olib kiriş, kasbiy bilim va könikmalarini boyitiş hamda yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkonini berdi.
Endilikda asosiy e’tibor xorijda özlaştirilgan bilim va ilğor tajribalarni hududlardagi amaliy faoliyatga tatbiq etiş, xotin-qizlar bandligini ta’minlaş, oilalar farovonligini mustahkamlaş va aholiga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oşirişga qaratiladi.
