Matbuot anjumani
2026-11-30 / Voqealar taqvimi

Hurmatli jurnalistlar va blogerlar!
Sizlarni 2026-yil 30-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Matbuot anjumanida ilmiy va innovatsion faoliyatni raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan raqamli yechimlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida belgilangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot beriladi.
Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.
Matbuot anjumani tafsilotlari:
📅 Sana: 2026-yil 30-noyabr
🕚 Vaqt: soat 11:00
📍 Manzil: Kontent markazi
Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif qilamiz!
