“Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi gʻoliblari aniqlandi!
2026-10-02 19:40:00 / Yangiliklar

2026-yilning may oyidan boshlab oʻtkazilib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi oʻz nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha jami 24 nafar gʻolibi aniqlandi.
Tanlov uch bosqichda oʻtkazildi:
1-bosqich – oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida;
2-bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
3-bosqich – respublika miqyosida.
Tanlovga quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha arizalar qabul qilindi:
– sunʼiy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari;
– muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari;
– aniq va tabiiy fanlarga mansub taʼlim yoʻnalishlari;
– ekologiya va atrof-muhit muhofazasi;
– veterinariya va qishloq xoʻjaligi (shu jumladan, baliqchilik va oʻrmonchilik);
– sogʻliqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi;
– arxitektura va qurilish;
– transport va logistika xizmatlari.
Bunda 8 ta ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha 1 nafardan 1-oʻrin, 1 nafardan 2-oʻrin va 1 nafardan 3-oʻrin, jami 24 nafar gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Maʼlumot uchun: Tanlovning 3-bosqichiga (respublika) jami 47 ta ariza tavsiya etildi.
Tanlov gʻoliblari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yilning 15-sentabrida “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan sohani rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida har yili “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda – Tanlov) oʻtkazish belgilangan.
