2027-yilda Germaniya bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy fundamental tadqiqot loyihalari tanlovi e'lon qilinishi mumkin
2026-09-29 16:05:00 / Yangiliklar

Ayni damda Germaniyada xizmat safarida bo'lib turgan Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari Germaniya ilmiy-tadqiqotlar jamg'armasi (DFG)da bo'ldilar. Uchrashuv davomida ilmiy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida 2027-yilda qo‘shma ilmiy fundamental tadqiqot loyihalari tanlovini tashkil etish hamda institutsional moliyalashtirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tomonlar suv tanqisligi va iqlim o'zgarishi, sun’iy intellekt, yashil energetika va shu kabi ustuvor yo‘nalishlarda ikki mamlakat olimlari o'rtasida olib borilayotgan qo'shma ilmiy loyihalar va tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash, yosh olimlar faolligini oshirish, Germaniyaning mukammallik klasterlari tajribasi asosida O'zbekistonda ham klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar va takliflar yuzasidan kelgusida hamkorlikni kuchaytirish mexanizmlari yuzasidan kelishib olindi.
