InnoWeek-2026 oldidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-15 17:05:00 / Yangiliklar

InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Navbatdagi muhim bosqich sifatida vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Unda haftalik doirasidagi tadbirlarni mazmunli tashkil etish, ishtirokchilar uchun samarali muloqot maydonini yaratish hamda innovatsion ishlanmalarni keng namoyish etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda, xususan innovatsion mahsulotlar va texnologik ishlanmalar ko‘rgazmasini yuqori saviyada tashkil etish, xorijiy hamkorlar ishtirokida xalqaro uchrashuvlar va muzokaralarni o‘tkazish, mahalliy darajadagi muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlarni mazmunan boyitish, haftalik tadbirlarini muvofiqlashtirish va tashkiliy jarayonlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishchi uchrashuv yakunida InnoWeek-2026 doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni sifatli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarni belgilash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bo‘lajak haftalik innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalarni keng namoyish etish, mahalliy va xorijiy hamkorlar o‘rtasida yangi muloqot va hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
🟢 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!
📍 27–29-oktabr | CAEx





