"Akademik harakatchanlik" (2026-2) tanlovi goliblari bilan tanishing!
2026-09-08 18:05:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2026-yil 4-iyundan 4-iyulga qadar “Akademik harakatchalik” dasturi doirasida tanlov o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 65 nafar nomzodning loyihalari g‘olib deb topildi.
Mazkur dastur yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini rivojlantirish hamda ilmiy tajriba va zamonaviy tadqiqot yondashuvlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Tanlov g‘oliblarining loyihalari belgilangan tartibda qo‘llab-quvvatlanib, ularga o‘z ilmiy izlanishlarini yanada rivojlantirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ilmiy faoliyatida amaliy natijalarga erishish uchun zarur imkoniyatlar yaratiladi.
G‘oliblarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
“Akademik harakatchanlik” dasturi (2026-2) tanlovi g‘oliblari ROʻYXATI
