Nurobodda yer osti suv resurslarining interaktiv gidrogeologik xaritasi yaratildi
2026-09-08 15:25:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 636 mln so‘m miqdorida moliyalashtirilgan “Nurobod tumani yer osti suvli qatlamlarining interaktiv gidrogeologik xaritasini ishlab chiqish” startap loyihasi doirasida amaliy natijaga erishildi.
Loyiha doirasida Nurobod tumanidagi yer osti suvli qatlamlari haqidagi ma’lumotlarni raqamli shaklda tizimlashtirish va ulardan foydalanishni qulaylashtirish imkonini beruvchi interaktiv gidrogeologik xarita ishlab chiqildi.
Interaktiv xarita hududdagi yer osti suv resurslarini o‘rganish, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, suvdan oqilona foydalanishni rejalashtirish hamda kelgusidagi ilmiy-amaliy loyihalar uchun ma’lumotlar shakllantirishda foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, loyiha natijasida 7 ta ish o‘rni yaratildi, xizmatlar ko‘rsatish orqali 30 mln so‘mga yaqin daromad olindi. Shuningdek, yer osti suv resurslarini o‘rganish va baholash uchun zamonaviy raqamli vosita yaratildi.
Bu kabi loyihalar hududlardagi tabiiy resurslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish va ulardan samarali foydalanish uchun zamonaviy vositalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.
