Sun’iy intellekt o‘zbek tilini biladimi?
2026-08-10 10:20:00 / Yangiliklar
“Albatta”, deb javob berishingiz tabiiy. Ammo sun’iy intellektning o‘zbek tilini mukammal tushunishi, tahlil qilishi va tilimizning o‘ziga xos jihatlarini to‘liq anglay olishi uchun hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.
Aynan shu kabi muammolarni bartaraf etish, sun’iy intellekt bilan ishlashda o‘zbek tilining imkoniyatlarini kengaytirish va milliy til texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida yangi platforma yaratilmoqda.
“Olima ayollar” tanlovi g‘olibasi Nilufar Abdurahmonova boshchiligidagi mazkur loyiha o‘zbek tilidagi matnlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish va takomillashtirish, til imkoniyatlarini raqamli muhitga yanada kengroq olib kirishga xizmat qiladi.
