Nukusda yosh olimlar uchun ilmiy imkoniyatlar muhokama qilindi.
2026-08-21 15:35:00 / Yangiliklar

Nukus shahrida Yosh olimlar akademiyasida tahsil olayotgan doktorantlar va bo‘lajak olimlar uchun Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan tanlov va imkoniyatlarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda yosh tadqiqotchilar uchun muhim bo‘lgan mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Xususan:
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy grantlar hamda loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari;
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyatlari;
grant dasturlari va tanlovlarga hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar.
Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuv bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.


