“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-08-14 15:25:00 / Yangiliklar

Yoshlarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 30-iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda bergan topshiriqlari, 2025-yil 16-iyuldagi 30-son bayonning 8 “a” bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-sentabrdagi 14-son majlis bayoni ijrosi doirasida tashkil etildi.
Tanlovning respublika bosqichida mamlakatdagi 94 ta oliy ta’lim muassasasidan innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli talabalar tomonidan jami 281 ta kreativ g‘oya taqdim etildi.
Taqdim etilgan loyihalar Tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Bunda g‘oyalarning innovatsion yangiligi va dolzarbligi, mavjud analoglardan ustun jihatlari, xarajatlar smetasining asoslanganligi, shuningdek, ularni amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Respublika bosqichining yakuniy himoyasida 224 nafar talabgor o‘z kreativ g‘oyalarini ZOOM platformasi orqali Tanlov komissiyasi a’zolariga taqdimot shaklida himoya qildi.
Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan 7 nafar ishtirokchi “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi g‘olibi deb topildi.
Tanlov g‘oliblari:
|
T/r |
Ijrochi tashkilot |
Loyiha nomi |
Loyiha rahbari F.I.O |
|
1 |
Urganch davlat universiteti |
Rajabov Suxrob Setmurat o'g'li |
|
|
2 |
Samarqand davlat tibbiyot universiteti |
Neyroxirurgiya amaliyotida 3D modellashtirish va implantlar qo'yishning imkoniyatlari |
Saydullayev Fatxulla |
|
3 |
Namangan davlat universiteti |
Guard System |
Karimjonov Muxiddin |
|
4 |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Ecoparking |
Boboqulov Asliddin |
|
5 |
Qo'qon davlat universiteti |
Yodli saqich va yodli pechenye |
Abdujalilova Mushtariybonu Jahongir qizi |
|
6 |
Nukus davlat texnika universiteti |
Staffiq |
Qudaybergenov Sultanbek Baxit uli |
|
7 |
Jizzax politexnika instituti |
Smart speed control |
Xudoyqulov Hasan Maqsudjon |
Mazkur natija yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda istiqbolli ishlanmalarni amaliyotga yo‘naltirish borasidagi ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
