Nukus shahrida Fermerlar va agrotadbirkorlar akselerator dasturi doirasidagi dars jarayonlari davom etmoqda.
2026-08-13 11:35:00 / Yangiliklar

Ishtirokchilarning 59 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani alohida e’tiborga loyiq.
Ushbu haftadagi mashg‘ulotlar iqlim o‘zgarishiga chidamli ekinlar, sho‘rlangan tuproqlarda dehqonchilik yuritish hamda barqaror agrotexnik amaliyotlarga bag‘ishlangan.
Dastur #ICBAAgriculture tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) ko‘magida amalga oshirilmoqda.




