Nilufar Abduraxmonova “Olima ayollar” tanlovi g‘olibasi
2026-07-31 15:10:00 / Yangiliklar
Innovatsion rivojlanish agentligida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda umumiy qiymati 157,2 milliard so‘m bo‘lgan 95 ta ilmiy loyiha mualliflariga grant sertifikatlari topshirildi.
Xususan “Olima ayollar” tanlovi g‘oliblariga ham sertifikatlar topshirildi. Nilufar Abduraxmonova bugun sertifikat olgan olimadan biri.
