SATREPS dasturi istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-23 19:15:00 / Yangiliklar

SATREPS-2020 dasturi doirasidagi Qo‘shma muvofiqlashtirish qo‘mitasi (JCC)ning 5-yig‘ilishidan so‘ng Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari Yaponiya fan va texnologiya agentligi (JST)ning professori Yamaguchi, shuningdek, Kyoto, Kobe va Mie universitetlari professorlari hamda loyiha ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida SATREPS-2020 dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha davomida bugungi kunga qadar erishilgan natijalar, Qo‘shma muvofiqlashtirish qo‘mitasining 5-yig‘ilishida muhokama qilingan asosiy masalalar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish, SATREPS dasturining yangi bosqichlari hamda O‘zbekiston–Yaponiya qo‘shma ilmiy loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari, istiqboldagi tanlovlar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari masalasiga to‘xtalib o‘tdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


