2026-yilning birinchi yarim yilligida Innovatsion rivojlanish agentligiga 198 ta murojaat kelib tushdi
2026-07-22 16:10:00 / Matbuot anjumanlari
Agentlikka 2026-yilning 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 198 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar soni o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 3,9 foizga (8 taga) kamaygan.
Murojaatlarning 71 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali va 127 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri yozma, og‘zaki murojaat shaklida yoki boshqa idora
va tashkilotlar orqali kelib tushgan.
Agentlikka kelib tushgan jami 198 ta murojaatning 195 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan bo‘lib, shundan 6 tasi yozma, 39 tasi og‘zaki, 153 tasi elektron murojaatlardir.
Jami kelib tushgan murojaatlarning:
9 ta ishlanma, loyihani amaliyotga tatbiq etish yuzasidan,
8 ta ishlanma, loyihani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan,
3 ta xorijiy ilmiy stajirovkaga oid,
35 ta startap tanlovlariga oid,
32 tasi turli sohalarga oid takliflar,
33 tasi davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlovlar yuzasidan,
58 tasi doktorantura va ilmiy darajalarga oid,
10 tasi agentlik bilan hamkorlik qilish yuzasidan,
10 tasi boshqa masalalar yuzasidan bo‘lgan murojaatlardir.
Mazkur murojaatlarning 192 tasi (ya’ni 95.0%) agentlik markaziy apparatida, 6 tasi (ya’ni 3.0%) hududiy bo‘limlar ishtirokida ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, murojaatlarning 168 tasi (84.9%) qanoatlantirilgan, 17 tasi (8.6%) bo‘yicha tushuntirish berilgan, 1 ta (0.5%) murojaatni ko‘rib chiqish tugatilgan. 4 ta (2.0 %) murojaat taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan. Ayni damda 8 ta (4.0%) murojaat ko‘rib chiqilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan jami 98 ta (49.5 %) murojaat kelib tushgan. Raqamlar hududlar kesimida tahlil etiladigan bo‘lsa Samarqand viloyatidan 27 ta, Surxondaryo viloyatidan 24 ta va Toshkent shahridan 49 ta murojaat kelgan bo‘lib mazkur hududlar birinchi uchtalikdan o‘rin oldi.
Agentlikda Ishonch telefonining samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hisobot davrida fuqarolarning 500 dan (2 tasi nazoratga olingan) ortiq qo‘ng‘iroqlari huquqiy ma’lumot berish orqali hal etildi va bu boradagi yuboriladigan yozma murojaatlarning kelib tushishining oldi olindi.
Shuningdek, Agentlik rahbariyati tomonidan muntazam ravishda shaxsiy qabul va sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Joriy yilda Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ilm-fan namoyondalari, olimlar, tadqiqotchilar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Qolaversa, Agentlikning rasmiy veb-saytidagi onlayn maslahatchi xizmati hamda direktorga murojaat boti orqali ham murojaatlar qabul qilinmoqda.
Hurmatli ilmiy doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi murojaat.gov.uz, orqali, Agentlikning rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali, shuningdek, (+99871) 203-32-31 ishonch telefoni orqali yo‘llashingiz mumkin.
