2025-yilda o‘tkazilgan “Olima ayollar” tanlovi g‘olibalari aniqlandi!
2026-07-20 13:20:00 / Yangiliklar
Tanlov yakuniga ko‘ra, umumiy qiymati 16,38 milliard so‘m bo‘lgan 18 ta ilmiy loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. Ushbu loyihalar 2026–2028-yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi olima ayollarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasini oshirishdan iborat. Shunga ko‘ra, mazkur loyihalar mutlaq olima ayollar tomonidan hayotga tatbiq etiladi.
Tadqiqotlar tibbiyot, farmatsevtika, ekologiya, biologiya va biotexnologiya, sun’iy intellekt, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, huquq, iqtisodiyot va texnika kabi bir qator ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni qamrab olgan.
