“Eng yaxshi oliy ta’lim ixtirochisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
2026-07-17 15:55:00 / Yangiliklar
Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan noyob ixtirolar va texnologik ishlanmalar taqdimoti namoyish etildi.
Komissiya a’zolari tomonidan loyihalar dolzarbligi, innovatsion jihati va amaliyotga tatbiq etilish darajasi kabi 8 ta ustuvor yo‘nalishda baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi:
🔹 Muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari – Xolmaxmadova Elinur O‘ktam qizi
🔹 Veterinariya va qishloq xo‘jaligi – Xolov Uyg‘un Raufovich;
🔹 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi – Almardanov Hamidilla Abdig‘aniyevich;
🔹 Sog‘liqni saqlash, tibbiyot va mehnat muhofazasi – Nasretdinova Aziza Adxamjonovna;
🔹 Sun’iy intellekt, dasturlash va axborot texnologiyalari – Ergashov Abdullo Ramazon o‘g‘li;
🔹 Arxitektura va qurilish – Yusupova Raxshona Umidovna;
🔹 Aniq va tabiiy fanlarga mansub ta’lim yo‘nalishlari – Norboboyev Navruzbek Nurbek o‘g‘li.




