Bu raqamlar ortida ilmga ishongan, o‘z ustida ishlagan va yangi marralarni ko‘zlagan yoshlarning mehnati mujassam. Bugun, 30-iyun — “Yoshlar kuni”da Innovatsion rivojlanish agentligida “Akademik harakatchanlik” tanlovining 36 nafar yosh g‘olibiga sertifikatlar topshirildi.
Joriy yilgi tanlovga qiziqish har qachongidan yuqori bo‘ldi. Agar o‘tgan to‘rt yil davomida jami 800 dan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yil hisobidagi birinchi tanlovga 600 dan ortiq hujjat qabul qilindi. Bu esa mamlakatimizda ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Raqamlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 2025-yildan buyon g‘oliblik bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayon Surxondaryo viloyati o‘rnini Toshkent egalladi. Bu esa hududlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va ilmga intilish tobora kuchayib borayotganini anglatadi.
Yana bir muhim yangilik — tanlovning barcha bosqichlari ilk marotaba sun’iy intellekt texnologiyalari asosida tashkil etildi. Jizzaxlik tanlov g‘olibi Kamoliddin Yoqubovning so‘zlariga ko‘ra, saralash jarayonlari shaffof va xolis o‘tdi.
“Akademik harakatchanlik” — bu faqat sertifikat emas. Bu yangi bilimlar, yangi tajriba, ilmiy hamkorlik va katta orzular sari ochilgan navbatdagi eshikdir. Bugun sertifikat olgan 36 nafar yoshning har biri ertangi kun ilm-fani va innovatsiyalari rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga umid qilamiz.