Agar siz Yoshlar texnoparkida muvaffaqiyatli startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz bu e’lon aynan siz uchun!
2026-06-29 12:25:00 / Yangiliklar

Yoshlar texnoparklarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan startap loyiha mualliflari “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasidagi xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.
Stajirovka yo‘nalishlari:
• Muhandislik;
• Robototexnika;
• Sun’iy intellekt;
• Elektronika;
• Raqamli texnologiyalar;
• Ilg‘or materiallar va biomanufacturing;
• Kosmik texnologiyalar;
• Transport va logistika;
• Barqaror energetika;
• Molekulyar biologiya;
• Genomika;
• Immunologiya;
• Yuqumli kasalliklar;
• Bioinformatika;
• Oziq-ovqat fanlari;
• Nutritsiologiya;
• Bioprotsessing va boshqa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar.
-Stajirovka tili: ingliz tili
-Davomiyligi: 3 oy
-Stajirovka muddati: 2026–2027-yillar
Hujjatlar internship.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 30-iyul kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot
Batafsil — https://internship.ilmiy.uz/news/37
