Milliy intellektual mulk strategiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi
2026-06-18 17:40:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17–18-iyun kunlari tashkil etilgan mazkur seminarda Innovatsion rivojlanish agentligining Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ergashev ishtirok etdi hamda “Innovatsion ekotizim: ilmiy-tadqiqot ishlari va tijoratlashtirish o‘rtasidagi uzilishlar” mavzusida maʼruza qildi.
Seminarning “Oʻzbekistonning intellektual mulk va innovatsiyalar ekotizimi” sessiyasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida Innovatsion rivojlanish agentligining Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Rustam Ergashev “Innovatsion ekotizim: ilmiy-tadqiqot ishlari va tijoratlashtirish oʻrtasidagi uzilishlar” mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruzada davlat ilmiy dasturlari doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-fevraldagi 75-son va 2026-yil 9-apreldagi 160-son qarorlarida nazarda tutilgan mexanizm va imtiyozlar, ilm-fan natijalarini tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash choralari haqida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-maydan boshlab “Spin-off” korxonalarini tashkil etish mexanizmi joriy etilgani, yangi ishlanmalar boʻyicha tadbirkorlar va investorlar uchun maʼlumotlarni qamrab oluvchi elektron Yangi ishlanmalar bazasi shakllantirilayotgani hamda har yili “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlari oʻtkazilishi belgilangani taʼkidlandi.
Tadbir davomida intellektual mulkni muhofaza qilish, innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish va ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga samarali joriy etishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

