Andijonda “Investorlar kuni” tadbiri o‘tkazildi
2026-06-15 21:05:00 / Yangiliklar

Andijon davlat pedagogika instituti hamda Andijon Yoshlar texnoparki hamkorligida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Investorlar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar, talabalar va startap jamoalari o‘zlarining innovatsion ishlanmalari hamda biznes loyihalarini investorlar va soha ekspertlariga taqdim etdilar. Ishtirokchilar loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, bozor salohiyati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan ma’lumot berib, mutaxassislarning tavsiya va takliflarini oldilar.
Shuningdek, tadbir davomida istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning loyihalarini amaliyotga tatbiq etish hamda biznes va investitsiya muhiti bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.




