“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining“ respublika bosqichiga rasman start berildi!
2026-05-19 17:00:00 / Yangiliklar

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi o‘z ishini boshladi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun respublikaning 208 ta tuman va shaharlaridan jami 48 566 nafar yoshlar hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 280 nafari respublika bosqichiga saralab olindi.
Tadbirning ochilish marosimida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori J.Salixov, Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi M.Buronov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari D.Kattaxanova kabi soha mutasaddilari va mehmonlar so‘zga chiqib, yoshlarni qutladilar hamda ularga omad tiladilar.






